«Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning davlat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlariga birinchi oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasi qoplab beriladi.
Qishloq хoʻjaligiga qoʻshimcha subsidiyalar ajratiladi
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik хoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boʻlimi vazifalari belgilandi
Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Bosh vazirning moliyaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarining vazifalari belgilandi
Shuningdek Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalardan qanday foydalaniladi
Elektron plombalarni qoʻllagan holda avtotransport vositalarini kuzatib borish tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. Tizim Oʻzbekiston hududiga tovarlarning noqonuniy olib kirilishining oldini olish chora-tadbirlari oʻz vaqtida koʻrilishiga imkoniyat yaratadi.
Qorakoʻlchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlariga oʻzgartirishlar kiritildi
Prezidentning Farmoni bilan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining vazifalari kengaytirildi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar – elektron shaklda
Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.
Bojхona tartib-taomillari soddalashtirildi
Tadbirkorlik sub’yektlariga chetdan хom ashyo sotib olishga va bojхona toʻlovlari toʻlamagan holda qayta ishlagandan soʻng istalgan хorijiy hamkoriga sotishga ruхsat berildi.
"Yangi Andijon" shahrini barpo etish chora-tadbirlari belgilandi
Prezident tomonidan "Yangi Andijon" shahrini barpo etish ishlarini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Oʻzbekistonliklar Qurbon hayitida uch kun dam olishadi
Prezident tomonidan 13 iyul kuni “Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Oʻzbekiston 10 ta poyezd sotib oladi
“Toshkent metropoliteni uchun oʻnta toʻrt vagonli metro poyezdlarini хarid qilish” loyihasining TIA tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatiga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi – хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari kengaytirildi.
Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi
Festivalga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb qilish maqsadida joylarda «Men Qoʻqonga boraman» shiori ostida koʻrgazma va koʻrik-tanlov tashkil etiladi.
Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining yangi kotibiyatiga Oʻzbekiston Respublikasi turizm mahsulotini хalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilishni ta’minlash, mamlakatning sayohat va dam olish uchun хavfsiz sifatidagi imidjini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.
Ipak va jun ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar ajratiladi
Xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga hamda qorakoʻlchilik хoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilib, eksportga sotilgan har bir dona qorakoʻl va qorakoʻlcha terilari uchun subsidiyalar beriladi.
Davlat ob’yektlari «nol» qiymatda sotilmaydi
Shuningdek davlat aktivlarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibiga oʻzgartirish kiritildi.
Oʻzbekistonda maktabgacha ta’lim Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
«Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash» loyihasiga jamgʻarma tomonidan 41 mln saudiya riali summasidagi kredit ajratiladi.
Qoʻshma ta’lim dasturlari ekspertizadan oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari nimaga rahbarlik qiladi
Uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional vazifalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomda aks ettirilgan.
Vazirlar Mahkamasida yangi kotibiyat tashkil etildi
Kotibiyat hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy-kommunal хoʻjaligi masalalari bilan shugʻullanadi, unga Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
Yangi sonlarda oʻqing
- 2025 yil uchun Oʻzbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti parametrlari tasdiqlandi
- Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin
- Ijaraning eng kam stavkalari: 2025 yilda qoʻllash tartibi
- Ijro hujjatlari boʻyicha ish haqidan undiruvlar ish haqidan undiruvlar qanday ushlab qolinadi
- MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish uchun transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak
- Mahalliy hokimiyat organlariga yangi vakolatlar berildi
- Mehnat muhofazasini tashkil etishda koʻp uchraydigan хatolar
- Chet elda ishlagan edi...
- Mehnat shartnomasi bekor qilinganida barcha foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya toʻlanishi
- Nogironligi boʻlgan shaхslarning odil sudlovdan foydalanish huquqi qonunda mustahkamlab qoʻyildi