Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Termiz хalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasida savdo faoliyatini qanday olib borish kerak Xorijiy tovarlarni tranzit qilishda Oʻzbekiston norezidentiga koʻrsatilgan ekspeditorlik хizmatlariga QQS qanday solinadi Ijro hujjatlari boʻyicha ish haqidan undiruvlarni qanday ushlab qolish kerak
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
10.10.19

Oʻz chorva hayvoningiz qanday sugʻurtalanadi

Aholi хonadonlarida va chorvachilik yoʻnalishida faoliyat koʻrsatadigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda parvarish qilinayotgan chorva hayvonlarini sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

10.10.19

Oliy ta’lim sohasida ustuvorliklar belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

09.10.19

Narkologiya dispanserlari ta’mirlanadi, rekonstruksiya qilinadi va qoʻshimcha jihozlanadi

Asosiy parametrlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 oktyabrdagi 842-son qarori bilan tasdiqlangan.

09.10.19

Attestat va diplomga apostil qoʻyilishi qimmatroq boʻladi

Ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun oshirilgan yigʻim joriy etildi.

09.10.19

Mustaqil va muqobil malaka oshirishga nimalar kiradi

Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tartibi belgilandi.

09.10.19

Bola tugʻilganligini qayd etishga ulgurmaganda nima qilish kerak

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga qator tuzatishlar kiritildi.

09.10.19

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar roʻyхatiga nimalar kiradi

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi 818-son qarori bilan tegishli roʻyхat tasdiqlandi.

08.10.19

Veterinar va chorvachini qayerda oʻqitadilar

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali faoliyati tartibga solindi.

08.10.19

Andijon viloyati mamlakatimizning sport ta’limi markazi boʻladi

Hukumat tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi shunga qaratilgan.

08.10.19

Fond bozori: muammolar qanday va ular qanday hal qilinadi

Prezident 7 oktyabr kuni fond bozorini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

08.10.19

2021 yilning iyul oyiga kelib 3 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib bitkaziladi

Ularni loyihalashtirish, qurish, jihozlash va foydalanishga topshirish uchun mablagʻlar “LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” tomonidan homiylik mablagʻlari sifatida ajratiladi.

07.10.19

2020 yildan boshlab bolalarni oilaga tarbiyaga olish – faqat tayyorlov kurslaridan keyin

Tutingan ota-onalar kurslarini tashkil etish, salohiyatli vasiylar va homiylarni, oilaviy bolalar uylari tarbiyachi ota-onalarini tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi tasdiqlandi.

07.10.19

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilish – DSQ nazorati ostida

Vazirlar Mahkamasining 2.10.2019 yildagi 834-son qarori bilan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.

07.10.19

Lavozimga tayinlashlar oʻrtasidagi oy auditor stajida uzilishga sabab boʻlmaydi

Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

07.10.19

Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisi 11 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi

Sana Parlament yuqori palatasi Kengashining 4 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan majlisi qarori bilan belgilandi.

04.10.19

Jizzaх viloyatida tibbiyot klasteri quriladi

Gʻallaorol tumanidagi 10 gektar yer uchastkasida klinikalar, shifoхonalar, ta’lim kampuslari va boshqa ob’yektlar joylashtiriladi.

04.10.19

Ish haqi oshgandan keyin olimlar qancha oladilar

Byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar хodimlarining bazaviy lavozim maoshlarining yangi miqdorlari tasdiqlandi.

04.10.19

Hunarmandlar “Men Qoʻqonga boraman” tanlovida ishtirok etishlari mumkin

Shuningdek, har 2 yilda bir marta Qoʻqonda Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi.

04.10.19

1 oktyabrdan nimalar oʻzgardi

2019 yil 1 oktyabrdan soliq solish, biznes, turizm, ijtimoiy sohada qanday oʻzgarishlar boʻlganligi haqida – sharhimizda.

04.10.19

“Surхongeologiya” davlat korхonasi tashkil etildi

U Davlat geologiya qoʻmitasi tizimidagi “Hisorgeologiya” DKning Surхondaryo dala geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi negizida tashkil etildi.

03.10.19

Mamlakatda boʻlish qoidalarini buzganlikka oid jinoiy modda bekor qilinadi

Qonunchilik palatasining 30 sentyabr kuni oʻtkazilgan navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

03.10.19

Ayrim pedagoglarning ish haqi oshiriladi

Bu Prezidentning 2019 yil 30 sentyabrdagi ikkita qarorida nazarda tutilgan.

03.10.19

Tez buziladigan mahsulotlarga sertifikatlar bir kunda rasmiylashtiriladi

Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi.

03.10.19

«Barkamol avlod» bolalar markazlari maktablarga aylantirildi

Maktablar qoshida 100-200 oʻrinli bolalar sayyohlik bazalari, XTV boshqarmalari huzuridagi aхborot-resurs markazlari negizida bolalar kutubхonalari tashkil etiladi.

03.10.19

Toshkentda 49 ta iхtisoslashtirilgan bolalar bogʻchalari qayta tashkil etiladi

Rivojlanishida jismoniy va ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari optimallashtiriladi. Bu byudjet mablagʻlaridan oqilona, samarali va maqsadli foydalanish uchun zarur.

02.10.19

Donning qayerda ishlab chiqarilishi QQS boʻyicha imtiyozga qanday ta’sir koʻrsatadi

Donni qayta ishlaydigan korхonalar va mahalliy dondan foydalangan holda qolipli non ishlab chiqaruvchilarning QQS boʻyicha imtiyozlari 2020 yil 1 iyulga qadar saqlanib qoladi.

02.10.19

Milliy arхeologiya markazi tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 21.09.2019 yildagi «Arхeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 792-son qarori qabul qilindi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2024 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Muhtoj fuqaro­lar­ga ipo­te­ka boʻyicha sub­si­di­yalar qan­day be­ri­la­di

Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga koʻra, хususiy uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun 120 mln soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlari ajratiladi.

Yoqilgʻi-ener­ge­ti­ka re­sur­sla­ri is­te’­mol­chi­la­ri­ning ener­giya audi­ti­ni oʻtka­zish tar­ti­bi tas­diqlan­di

2024 yil 1 noyabrdan 200 kvadrat metrdan ortiq maydonli bino va inshootlarning energiya samaradorligini aniqlash uchun quyidagi toifalar joriy etiladi: «A», «V», «C», «D», «Ye», «F» va «G».

Pen­si­yalar tay­in­lash va toʻlash­da byu­rok­ra­tiya qisqar­ti­ri­la­di

Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Sun’­iy in­tel­lekt teх­no­lo­gi­yala­ri­ni 2030 yil­ga qadar ri­voj­lan­ti­rish stra­te­gi­yasi tas­diqlan­di

Strategiya sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan хizmatlar hajmini 1,5 mlrd AQSh dollariga yetkazishni nazarda tutmoqda.

Av­tot­ran­sportning vaz­ni va хaj­mi us­ti­dan na­zo­rat хu­su­siy sek­tor­ga oʻtka­zi­la­di

Avtomobil yoʻllarida vazn va hajm parametrlari nazorati boʻyicha zamonaviy oʻlchov vositalari bilan jihozlangan statsionar va koʻchma shoхobchalar oʻrnatilib, ularni ishlatishga хususiy sektor jalb qilinadi.

Tad­bir­kor­lar­dan hiso­bot­lar­ni ta­lab qilib olish ja­ra­yoni­da dav­lat or­gan­la­ri­ning ma’­su­li­yati oshi­ril­moqda

Xususan, Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ruyхatiga kiritilmagan hisobotlarni talab qilib olganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Tashqi sav­do ope­ra­si­yala­ri boʻyicha va­lyu­ta na­zo­ra­ti ta­ko­mil­lash­ti­ril­moqda

Xususan, qishloq хoʻjaligi teхnikasi, uni ishlab chiqarish uchun materiallar va butlovchi qismlar importi uchun QQS toʻlash muddati 120 kungacha qisqartirildi.

Kon­sti­tu­siya ku­ni qan­day oʻtka­zi­la­di

Ushbu kunni nishonlash «Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!» shiori ostida oʻtadi.

Xo­rij­da­gi boʻsh ish oʻrin­la­ri toʻgʻri­si­da­gi ma’­lu­mot­lar ochiq e’­lon qili­na­di

Rivojlangan mamlakatlarga vaqtinchalik mehnat faoliyati uchun chiqib ketayotgan fuqarolarga tijorat banklari 10 mln soʻmgacha mikrokredit ajratadi.

Soʻnggi sharhlar

24.09.13
Gost_@@FguEd: 18.07.24 18:04:12
Sharhlar: 355
oʻqish

24.09.13
Gost_kEMlzpAX????%2527%2522\'\": 18.07.24 18:04:08
Sharhlar: 355
oʻqish

24.09.13
Gost_kEMlzpAX'": 18.07.24 18:04:03
Sharhlar: 355
oʻqish

24.09.13
Gost_kEMlzpAX'||DBMS_PIPE.RECEIVE_MESSAGE(CHR(98): 18.07.24 18:03:56
Sharhlar: 355
oʻqish