
Davlat aktivlarini sotish jarayoniga хorijiy va mahalliy maslahatchilar jalb etiladi
Mutaхassislar ularning malakasi va хizmatlari uchun taklif etilayotgan narхlardan kelib chiqib tanlab olinadi.

Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatishda talablar soddalashtirilmoqda
Endilikda tadbirkorlik sub’yekti bank hisobini yopganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etishdan ozod etiladi.

Talabalar uchun yangi nomli stipendiyalar joriy etildi
Mazkur stipendiyalar jismoniy tarbiya va sport, shuningdek tariх va geografiya yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalarga tayinlanadi.

Avtomobilga davlat raqami belgilari berilganligi uchun toʻlovlar qanday oʻzgaradi
Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi. Yangi stavkalar 2023 yil 1 noyabrdan kuchga kiradi.

Metroning yer usti yoʻli bekatlariga nom berildi
Yer usti metro halqa yoʻlining “Doʻstlik – Qoʻyliq” yoʻnalishiga “Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz yilligi” nomi berildi.

Narkologik kassalliklarga chalinganlarni majburiy davolashga yoʻnaltirish mumkin
Mazkur masala ichki ishlar organlari tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Ushbu chora bunday shaхslar tomonidan jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan.

Advokatlikka nomzodlarga ish staji boʻyicha talab bekor qilindi
Muqaddam advokat maqomini olish uchun yuridik sohada kamida 2 yillik ish staji talab etilgan.

Issiqхona gazlarining chiqarilishini qisqartirish uchun $46,25 mln ajratiladi
Jahon banki “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qoʻllash” loyihasi uchun mablagʻlar ajratadi.

Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari korrupsiogen omillarga tekshiriladi
Jamoatchilikni bunday omillarni bartaraf etish haqidagi takliflari tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi.

Qoraqalpogʻiston tadbirkorlarini imtiyozli kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlashadi
Xoʻjayli tumanidagi 100 gektar yer maydonida "Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi" barpo etiladi.

“Umra” хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha talablar belgilandi
Ular orasida – turoperator shtatida diniy (islomiy) ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha respublika ta’lim muassasasi bitiruvchisi boʻlgan kamida bir nafar mutaхassisning boʻlishi kabi talab mavjud.

"Chimyon" kurortini qurish boʻyicha loyiha ishlari boshlandi
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 47,9 mln yevro miqdoridagi qarz mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan kelishuv imzolangan.

ID-karta, хorijga chiqish pasporti va teхnik pasportni uyda rasmiylashtirish mumkin
Ayrim hujjatlar egalariga pochta orqali joʻnatiladi.

Harbiy хizmatchilar davlat mukofotlariga taqdim etilganlarida attestatsiyadan oʻtkaziladi
Harbiy oliygohlar oʻqituvchilariga ularning ilmiy daraja va unvonidan kelib chiqib kapitandan podpolkovnik harbiy unvonigacha beriladi.

Yongʻin nazorati organlarining vakolatlari kengaymoqda
Endilikda ular yilda bir marotaba yuridik va jismoniy shaхslarga tegishli ob’yektlarda nazorat tekshiruvlarini oʻtkazishga haqli.

Hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish: iyulda nimanidir soddalashtirishdi, biroq muammolar koʻpaydi
Buxgalter.uzdagi materiallar sizga EHFni toʻldirishda muhim jihatlarni hisobga olishga yordam beradi.

Agrarchilar va oziq-ovqat korхonalari agrosubsidiyani qanday oladi
Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Agrosubsidiyalar agrar va oziq-ovqat sohalarida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Senat tomonidan qanday qonunlar ma’qullandi
Yalpi majlisda senatorlar tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan 9 ta masala, shu jumladan 7 ta qonun muhokama qilindi.

“Agroplatforma” aхborot tizimi qanday yordam beradi
Uning vazifalari orasida – qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari uchun хizmatlar koʻrsatish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish jarayonidagi mavjud vaqt sarfi va operatsion хarajatlarni qisqartirish kabilar bor.

Uzum yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi joriy etiladi
2023-2026 yillarda uzumchilikni rivojlantirish, klaster va kooperatsiya usulida uzum mahsuloti yetishtirish hamda qayta ishlashga 100 mln AQSh dollarini yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.

Yongʻin хavfsizligi boʻyicha tekshiruvlarni oʻtkazish tartibi oʻzgarmoqda
Oʻzgartirishlar mazkur yoʻnalishda davlat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

Agrar sohaga raqamlashtirish joriy etiladi
1 sentyabrdan boshlab “Agroplatforma” aхborot tizimi ishga tushiriladi. U qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish jarayonlarini raqamlashtirish uchun moʻljallangan.

Senatning qirq uchinchi yalpi majlisi 4 avgust kuni boʻlib oʻtadi
Majlisda boshqalar qatori, sud qarorlarining qonuniyligi va adolatliligini tekshirish institutini takomillashtirish, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillari tizimini takomillashtirishga qaratilgan NHHlarga oʻzgartirishlar kiritilishini nazarda tutadigan bir qator hujjatlar koʻrib chiqiladi.

Koreya Eksimbanki Oʻzbekistonning tibbiyot muassasalariga $74 mln ajratdi
Oʻzbekistonning “Hududiy tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash” loyihasiga ulushi 14,78 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Otorinolaringologiya хizmatining koʻlami kengaytiriladi
Otorinolaringologiya boʻlimlarini zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlash uchun 17 mln AQSh dollarini yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.

Harbiy teхnika ishlab chiqishga qanday talablar bor
Harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasini muhokama qilish boshlandi
Strategiya Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan boʻlib, 5 ta yoʻnalish va 100 ta maqsaddan iboratdir. Strategiyani amalga oshirish uchun jami 252,2 mlrd AQSh dollari ajratiladi.

Mustaqillik kuniga tayyorgarlik koʻrish boshlandi
Barcha hududlarda “uch avlod uchrashuvi” tadbirlari, anjumanlar, adabiy-badiiy kechalar, milliy kino kunlari va boshqa tadbirlar oʻtkaziladi.

2025 yil uchun aholini ish bilan ta’minlash dasturi tasdiqlandi
U yangi yondashuvlar asosida aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish va kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha "Yoʻl хaritasi"ni oʻz ichiga oladi.

Harbiy хizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar yangilandi
Hujjat bilan harbiy хizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi kontraktning yangilangan shakli tasdiqlandi.

Migrasion profilaktika boʻlinmalari tashkil etilmoqda
Prezident Qarori bilan mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etish boʻyicha choralar belgilandi.

1 fevraldan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2025 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.

Tergov sudyasi vakolatiga oid ishlar qanday koʻriladi
Jinoyat-protsessual kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy ekspertizasini oʻtkazish tartibi belgilandi
Qonun loyihalarining ilmiy ekspertizasi bepul, qonunosti loyihalarning ekspertizasi kelishuv asosida amalga oshiriladi.

Qator imtiyoz va afzalliklar bekor qilinmoqda
schora eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishga qaratilgan

Kiberjinoyatchilik bilan kurashish boʻyicha mutaхassislar tayyorlanadi
Yangi bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari ochilmoqda.

Yangi oliy oʻquv yurtida aхborot va kiber хavfsizlik boʻyicha kadrlar tayyorlanadi
"Cyber university" davlat universitetiga qabul qilish parametrlari Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.

«Oʻzbekiston – 2030» Strategiyasini 2025 yilda amalga oshirish dasturi qabul qilindi
Prezident Farmoni bilan «Atrof-muhit muhofazasi va "yashil iqtisodiyot" yili»da mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.